Hodisa

Samarqandda maktab kotibi quyi sinf o‘quvchisini kaltakladi — video

Mutasaddi idoralar hozircha hodisa yuzasidan izoh bermadi.

10-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda maktab kotibi bolani kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Mutasaddi idoralar hozircha hodisa yuzasidan izoh bermadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, holat Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi 71-maktabda sodir bo‘lgan. Maktab kotibi 3-sinf o‘quvchilari oldiga kirib, bolalardan birini kaltaklagan. Ayolning bunday xatti-harakatining sababi noma’lum. Mutasaddi idoralar hozircha hodisa yuzasidan izoh bermadi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi texnikumlardan birida nogironligi bo‘lgan bola ayovsiz kaltaklangan edi. Kaltaklashlar deyarli bir hafta davom etgan, bolani aynan kim kaltaklagani ma’lum qilinmagan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная