Hodisa

Samarqandda KIA haydovchisi ta’mirlash ishlari tufayli yo‘lni to‘sib qo‘ygan ishchilarni urib yubordi — video

Erkak o‘z yo‘lovchisining juda shoshayotganini aytdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda KIA haydovchisi ta’mirlash ishlari tufayli yo‘lni to‘sib qo‘ygan ishchilar tomon ataylab ketayotgani aks etgan video tarqaldi. Samarqand viloyati YHXB hodisa yuzasidan izoh berdi.

Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, u yo‘lovchilari shoshilayotgani uchun ishchilarni urib yuborishga qaror qilgan. Haydovchiga nisbatan yo‘l bezoriligi moddasi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzildi. Sud uni aybdor deb topib, BHMning 25 baravari (10,3 mln so‘m) miqdorida jarimaga tortdi. Shuningdek, u ikki yilga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Sirdaryoda ikki o‘g‘ri huquq-tartibot xodimining bo‘yniga pichoq sanchib, YPX xodimini bosib ketgandi. Gumonlanuvchilar Ohangaronda qo‘lga olingan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda. Yigitlar 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная