Samarqandda ikki ishchi tok urishi oqibatida halok bo‘ldi — video
Erkaklar videokuzatuv kameralarini o‘rnatish vaqtida metall narvon bilan havo elektr uzatish liniyasiga tegib ketgan.

8-iyun kuni Samarqand viloyatida ikki ishchi tok urishi oqibatida halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Kun HETga tayanib.
Voqea Toyloq tumani Bog‘izog‘on mahallasida sodir bo‘lgan. Videokuzatuv kameralarini o‘rnatish bilan shug‘ullanuvchi firma xodimlari tok urishi oqibatida halok bo‘lgan — ular ehtiyotsizlik tufayli «Anzur» fiderining havo elektr uzatish liniyasiga metall narvon bilan tegib ketgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tergov boshladi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda ikki o‘smir poyezd vagonlarida suratga tushishga qaror qilib, og‘ir kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgandi. Bemorlar 12 va 13 yoshda ekanligi aytilmoqda. Ulardan biriga uyga javob berildi. Biroq ikkinchi bolaning boshi, yuzi, qo‘l va oyoqlari — tanasining 50 foizi qattiq kuygan.
Izohlar