Hodisa

Samarqandda haydovchi o‘zboshimchalik bilan avtomobilga sirena o‘rnatgani aniqlandi

Erkakning aytishicha, u shu yo‘l bilan yo‘ldagi boshqa haydovchilar unga yo‘l ochib berishlarini istagan.

Samarqandda haydovchi o‘zboshimchalik bilan avtomobilga sirena o‘rnatgani aniqlandi

Samarqandda avtomobilga sirena o‘rnatgan haydovchi jazolandi Samarqand viloyatida 21-may kuni avtomobilga sirena o‘rnatishga qaror qilgan haydovchi jazolandi, deb xabar bermoqda viloyat YHXB matbuot xizmati.

Hodisa Samarqand shahridagi Universitet xiyobonida sodir bo‘lgan. Onix avtomobili haydovchisi mashinasiga o‘zboshimchalik bilan sirena o‘rnatgan holda ko‘chalarda harakatlangan. U YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Haydovchilarning so‘zlariga ko‘ra, u yo‘llarda boshqa haydovchilar unga yo‘l ochishi uchun sirena o‘rnatgan. Erkak huquqbuzarlikni takrorlamaslikka va’da berdi. Avtomobil jarima maydonchasiga jo‘natildi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda haydovchi YPX xodimini avtomobil kapotida aylantirib yuborgandi. Erkak ham o‘zboshimchalik bilan davlat raqamini yechib olib, miltillovchi chiroq va sirena bilan yuqori tezlikda harakatlangan, hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Mavzuga oid