Hodisa

Samarqandda hamshira yangi tug‘ilgan chaqaloqni o‘g‘irlab, 6 mln so‘mga sotib yubordi

Huquqbuzar ruhiy nosog‘lom sifatida ro‘yxatda turgan ayolning chaqalog‘ini o‘g‘irlab ketgan.

Фото: Ситуативное

Samarqand viloyatida yangi tug‘ilgan chaqaloqni o‘g‘irlab, 6,12 mln so‘mga sotgan hamshiraga hukm o‘qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 2025-yilning aprel oyida Payariq tumanida sodir bo‘lgan. Markaziy shifoxona ota-onalar bo‘limining 43 yoshli xodimi onasi ruhiy nosog‘lom sifatida hisobda turgan uch kunlik qizaloqni bo‘limdan olib chiqqan. Huquqbuzar ayol o‘zi bilan birga onasining pasporti va bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini ham olib ketgan.

Ayol chaqaloqni “Go‘zal” mahallasida yashovchi ayolning uyiga olib borib, 5 mln so‘m va 100 dollarga sotgan, shundan so‘ng olgan pullarini o‘z ehtiyojlariga sarflagan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda o‘g‘irlangan chaqaloq topilib, tug‘ruqxonaga olib kelingan.

Tartib posbonlari ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Sud ayolni aybdor deb topdi va ikki yil davomida sog‘liqni saqlash tizimida lavozimlarni egallashni taqiqlagan holda besh yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Avvalroq Navoiyda yashovchi ayol farzandini qo‘shnisiga sotmoqchi bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Unga 12 yilgacha qamoq jazosi tahdid solmoqda.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная