Samarqandda erkak otasiga aliment to‘lamagani uchun qamaldi
Fuqaroga oylik daromadining 50 foizini ota-onasi foydasiga o‘tkazish belgilandi.

Samarqand viloyatida otasiga aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan erkak 15 sutkaga qamaldi, deb xabar bermoqda MIB matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Payariq tumanlararo sudining qarori bilan unga oylik daromadining 50 foizini otasi foydasiga o‘tkazib berish majburiyati yuklatilgan. Bir necha bor ogohlantirishlarga qaramay, u majburiyatlarni bajarmadi.
Ish materiallari sudga topshirildi. Oqdaryo tuman sudi erkakka nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-5-moddasi 1-qismi (Ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash) bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.
Eslatib o‘tamiz, Farg‘onada erkak aliment uchun xotini va qizini pichoqlab o‘ldirgandi. Er-xotin o‘rtasida tortishuv boshlanib, bu fojia bilan yakunlandi. Jabrlangan ayol va bola shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, shifoxonada vafot etgan. MIB NOVA24ga bog‘liq vaziyatga izoh bergan.
Izohlar