Hodisa

Samarqandda erkak o‘g‘illari bilan ikki tanishining yuk mashinalarini yoqib yubordi — video

Jinoyatga fuqarolar o‘rtasidagi mojaro sabab bo‘lgan, aybdor hibsga olingan.

30-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda avtomobillarga o‘t qo‘yilgani haqida xabar tarqaldi. Viloyat IIB hodisa yuzasidan izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 28-noyabr kuni soat 21:50 da Toyloq tumani Beklar mahallasida sodir bo‘lgan. 1985, 1990 va 1991-yillarda tug‘ilgan aholi o‘rtasida mojaro kelib chiqqan. Janjaldan so‘ng 40 yoshli fuqaro 2005 va 2007 yilda tug‘ilgan farzandlari bilan janjal kelib chiqqan fuqarolarning yuk mashinalarini yoqib yuborgan.

Yong‘in zudlik bilan bartaraf etilib, boshqa transport vositalari va ulardagi yuklarga zarar yetkazilishining oldi olingan. Mazkur holat yuzasidan 29-noyabr kuni Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Aybdorlar qamoqqa olindi. Tergov boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, Surxondaryoda maktab direktori ishdan bo‘shatilgani uchun o‘ziga o‘t qo‘yish bilan tahdid qilgandi. Ayol o‘quv muassasasi binosi oldida janjal ko‘targan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная