Samarqandda Cobalt katta tezlikda aeroport oldidagi shlagbaumni urib ketdi — video
Shuningdek, erkak skuter bilan ham to‘qnashgan bo‘lib, uning haydovchisi va yo‘lovchisi jarohat olgan.

3-sentyabr kuni Samarqandda Cobalt haydovchisi katta tezlikda aeroportga kiraverishdagi avtomatik shlagbaumni urib yubordi, deb xabar bermoqda viloyat YHXB matbuot xizmati.
Hodisa soat 01:00 atrofida aeroport hududidagi Ibn Sino ko‘chasida sodir bo‘lgan. Cobalt haydovchisi tezlikni oshirib, boshqaruvni yo‘qotgan va skuterga urilgan, shundan so‘ng aeroportga kiraverishdagi avtomatik to‘siqqa borib urilgan. Oqibatda skuter haydovchisi va yo‘lovchisi shifoxonaga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIB YTH bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentning beshta ko‘chasida ruxsat etilgan tezlikni 80 km/soatgacha oshirish rejalashtirilgan. Shuningdek, tirbandlik va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish uchun rasmiylar 12 ta ko‘chada bir tomonlama harakatni joriy etishni rejalashtirmoqda.
Izohlar