Samarqandda bir oyda qariyb 100 kilogramm giyohvand moddalar savdosiga chek qo‘yildi
Olib qo‘yilgan giyohvandlik vositalarining umumiy summasi 14,25 milliard so‘mni tashkil etdi.

2025-yilning noyabr oyida huquq-tartibot idoralari xodimlari qiymati 14 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan qariyb 100 kilogramm giyohvand moddalarning oldini olishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, boshqarma xodimlari DXX mutaxassislari bilan birgalikda umumiy qiymati 14 mlrd 256 mln so‘mlik 90 kg dan ortiq giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Qayd etilishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan 954 dona psixotrop moddalar va 1 kg 993 gramm sintetik giyohvandlik vositalari muomaladan olingan.
Avvalroq, O‘zbekistonda DXX xodimlari giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik UJGni fosh qilgani haqida xabar berilgandi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari 17 kg sintetik giyohvand moddalar tarqalishining oldini oldi.
Izohlar