Samarqand viloyatida ayol tug‘ruqxona oldida farzandini dunyoga keltirib, yangi tug‘ilgan chaqaloqni hojatxonaning axlat qutisiga tashlab yubordi, deb yozadi Zamon.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Payariq tumanida sodir bo‘lgan. Ayol chaqaloqni tug‘ib, tug‘ruqxona yonidagi hojatxona axlat qutisiga tashlab ketgan. Ayolning xatti-harakatlari kuzatuv kameralariga muhrlangan, shundan so‘ng voqea tafsilotlari aniqlangan. Yangi tug‘ilgan chaqaloq o‘lik holda topildi.

IIB xabariga ko‘ra, hozirda ekspertiza tayinlangan. Bolaning tirik tug‘ilganligi yoki o‘lik tug‘ilganligi aniqlangandan so‘ng, jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi hal qilinadi. Ekspertiza xulosasi e’lon qilingandan so‘ng, qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Samarqandda hamshira yangi tug‘ilgan chaqaloqni o‘g‘irlab, 6 mln so‘mga sotgandi. Huquqbuzar ruhiy nosog‘lom sifatida ro‘yxatda turgan ayolning chaqalog‘ini o‘g‘irlab ketgan.