Samarqand viloyatida avtomobil jarlikka quladi
YTHda “Nasaf” futbol klubi muxlisi halok bo‘ldi.

Samarqand viloyatida KIA SONET rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi uxlab qolishi oqibatida mashina jarlikka qulagan, uning ichida bo‘lgan yo‘lovchi vafot etgan, haydovchi shifoxonada, deb xabar bermoqda YHXB matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 31-oktyabr kuni Urgut tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1113-kilometrida sodir bo‘lgan. Samarqand—Qarshi yo‘nalishida harakatlanayotgan avtomobil haydovchisi rulda uxlab qolib, boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada mashina yo‘l chetiga chiqib ketgan, keyin esa jarlikdan qulagan.
Qayd etilishicha, mashinada bo‘lgan ikki mutaxassis zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan, biroq yo‘lovchi shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay vafot etgan. Ma’lum bo‘lishicha, erkak “Nasaf”—“Navbahor” o‘yinidan qaytgan Nasaf futbol klubi muxlisi bo‘lgan. Shu munosabat bilan O‘FA marhumning oila a’zolari va Nasaf futbol klubiga hamdardlik bildirdi. Tartib posbonlari jinoyat ishi qo‘zg‘atishdi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Toshkentda Spark va Damas ishtirokida YTH sodir bo‘lgani, jabrlanganlar borligi haqida xabar berilgandi. Huquq-tartibot idoralari avariya fakti bo‘yicha tergov boshladi.
Izohlar