Rossiyadan ayol va uning yetti nafar farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
Hujjatlar bilan bog‘liq muammolar tufayli ayol og‘ir ahvolga tushib qolgan.

Rossiyada og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi va uning yetti nafar farzandiga yordam ko‘rsatildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Voqea Samara viloyatida sodir bo‘lgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari ayol va uning farzandlarini shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari yo‘qligini aytib, politsiya bo‘limiga olib borgan. Shundan so‘ng o‘zbekistonlik ayol Samara viloyatidagi Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga o‘tkazilgan.
Bolalar Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markaziga yuborildi va Samara shahridagi vasiylik va homiylik organlari xodimlariga topshirildi. Diplomatlar va Samara viloyatining tegishli idoralari o‘rtasidagi muzokaralar natijasida vatandoshlarni vatanga qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ular O‘zbekistonga eson-omon qaytib kelishdi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyadan qarovchisiz qolgan 5 nafar bola O‘zbekistonga qaytarilgandi. Bosh konsulxona xodimlari voyaga yetmaganlarni vatanga jo‘natishda shaxsan kuzatib borgan.
Izohlar