Hodisa

Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik yosh ishchi halok bo‘ldi

O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakolatxonasiga nota yubordi.

Arxangelskdagi qurilishda surxondaryolik 22 yoshli yigit halok bo‘ldi, deb xabar berdi MKRU.

Yigit qurilayotgan ko‘p qavatli turar joy binosining beshinchi qavatidan yiqilib tushgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yigit qurilayotgan binoning tashqi tomonidan beshinchi qavatdan oltinchi qavatga qurilish asboblarini ko‘tarib chiqqan. U muvozanatini yo‘qotib, balandlikdan beton plitaga yiqildi. Tez yordam shifokorlari reanimatsiya choralariga qaramay, bemorning o‘limini qayd etgan.

Hodisa Terexin ko‘chasida qurilayotgan “Korisa” turar joy majmuasi hududida sodir bo‘lgan. Ushbu majmua “Твой дом” kompaniyalar guruhiga kiruvchi “Северное Сияние” ixtisoslashgan quruvchisiga tegishli.

Fojiali hodisa munosabati bilan kompaniya marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi. Biz sodir bo‘lgan voqeaning jiddiyligini tushunamiz va zudlik bilan mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi sohasidagi mutaxassislarni jalb qilgan holda hodisaning barcha holatlarini sinchkovlik bilan tekshirishni boshladik, — deyiladi kompaniya xabarida.

Quruvchi ushbu hodisani shaffof tekshirishga va’da bermoqda. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, hodisa sabablari haqida to‘liq ma’lumot beriladi. O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi Rossiya TIVning Arxangelsk viloyatidagi vakolatxonasiga tegishli nota yubordi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная