Hodisa

Rossiyadagi konda o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Burg‘ulash ishlari paytida tog‘ jinsi qulab tushdi va erkak vayronalar ostida qoldi.

Rossiyada 26-avgust kuni konda tog‘ jinsi qulashi oqibatida 30 yoshli o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, deb yozadi “Московский комсомолец”.

Voqea Krasnoyarsk o‘lkasining Kuragin tumanidagi “Артёмовский рудник” konida sodir bo‘lgan. O‘lka prokuraturasi xabariga ko‘ra, tog‘ jinsi qulashi oqibatida 30 yoshli O‘zbekiston fuqarosi voqea joyida vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, marhum mehnat patenti asosida qimmatbaho metallar qazib olish bilan shug‘ullanuvchi konda burg‘ulash ishlarini bajargan. Tog‘ jinsini keyinchalik mustahkamlash uchun ishlar olib borildi. Shu payt noma’lum sabablarga ko‘ra, tog‘ jinslarining bir qismi qulab tushdi va ishchi vayronalar ostida qoldi. U voqea joyida vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada migrantlarni qurilish va umumiy ovqatlanishda yollashni cheklash taklif qilingandi. Ayrim sohalarda xorijliklar ishga qabul qilinmaydi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная