Hodisa

Rossiyada qarovsiz qolgan ikki yoshli qizaloq O‘zbekistonga qaytarildi

Bolaning otasi tergov izolyatoriga, onasi esa migratsiya markaziga joylashtirilgan.

Rossiyada qarovsiz qolgan ikki yoshli qizaloq O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyadan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga yetmagan qiz O‘zbekistonga qaytarildi, deb xabar bermoqda Bolalar ombudsmani matbuot xizmati.

Bolalar ombudsmani idorasiga Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi ayoldan murojaat kelib tushdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki yoshli nabirasi Nijniy Novgorod viloyatida ota-onasining qarovisiz qolgan. Qizning otasi tergov izolyatoriga, onasi esa migratsiya markaziga joylashtirilgan.

Bola shahar bolalar shifoxonasida bo‘lgan. Bolalar ombudsmani, IIV va O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi Bosh konsulxonasi vakillari zarur hujjatlarni rasmiylashtirib, bolani onasi bilan birga vataniga qaytardi. Qaytib kelgach, buvisinikiga olib ketishdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonliklar vatanga deportatsiya qilingani uchun jazolanishi belgilangandi. Fuqarolar berilgan subsidiya va kompensatsiyalarni qaytarishga majbur bo‘ladi.

Izohlar

Mavzuga oid