Hodisa

Rossiyada qamoqdan qochgan besh nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi va sudlandi

Mahbuslar ikki oy davomida bir bo‘lak quvur, kesilgan disk va belkurak yordamida qariyb 40 metrlik tunnel qazishgan.

Rossiyada qamoqdan qochgan besh nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi va sudlandi

Rossiyada qamoqdan qochgan besh nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi va qochgani uchun sud hukmi o‘qildi, deb xabar berdi Lipetsk viloyati sud tizimi matbuot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, mahbuslar ikki oy davomida metall quvur, belkurak va qirqma disk yordamida tunnel qazishgan. Ular deyarli 40 metr uzunlikdagi tunnelni qazib, u orqali Rossiyaning Lipetsk viloyatida joylashgan 2-sonli jazoni ijro etish muassasasi hududidan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

Ertasi kuni besh nafar qochoq qo‘lga olindi. Oltinchisi deyarli ikki hafta yashirinib yurdi. Qayd etilishicha, ulardan ikki nafari giyohvand moddalar savdosi, uch nafari zo‘rlash va bir nafari voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etgani uchun sudlangan.

Sud ayblanuvchilarni Jinoyat kodeksining 313-moddasi 2-qismi (Ozodlikdan mahrum etish joyidan bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib yoki uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan qochish) bo‘yicha aybdor deb topdi.

Sudya tayinladi:

  • 28 yoshli erkakka nisbatan qattiq tartibli koloniyada 12,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi;
  • 19 yoshli yigitga umumiy tartibli jazoni ijro etish koloniyasida 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi;
  • 28 yoshli erkakka 8,5-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi;
  • 29 yoshli erkakka nisbatan 5 yil muddatga qattiq tartibli jazoni ijro etish koloniyasida;
  • 19 yoshli yigitga umumiy tartibli jazoni ijro etish koloniyasida 4,6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi;
  • 27 yoshli Tojikiston fuqarosi qat’iy rejimdagi axloq tuzatish koloniyasida 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Eslatib o‘tamiz, voqea 26-oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Qochoqlikdan so‘ng Rossiya Tergov qo‘mitasi beparvolik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgandi.

Izohlar

Mavzuga oid