Rossiyada o‘z hamkasbiga pichoq bilan hujum qilgan o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi, deb xabar berdi Yamalo-Nenets avtonom okrugi prokuraturasi matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 2025-yil sentyabr oyida Aksarka shahrida sodir bo‘lgan. 39 yoshli O‘zbekiston fuqarosi hamkasbi bilan janjallashib, uning qorin sohasiga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Voqeadan so‘ng, tartib posbonlari erkakni qo‘lga olib, hibsga olishgan.

Gumonlanuvchi o‘z aybini tan oldi va sodir bo‘lgan voqeadan pushaymonligini bildirdi. Sud uni Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 111-moddasi 2-qismi (Inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bo‘yicha aybdor deb topdi va umumiy rejimdagi koloniyada bir yilga ozodlikdan mahrum qildi, jazoni o‘tab bo‘lgach, erkak mamlakatdan chiqarib yuboriladi.

Avvalroq Rossiyada o‘zbekistonlik ayol jangarilarni moliyalashtirgani uchun 15 yilga qamalgani haqida xabar berilgan edi. Ayblanuvchining o‘zi aybini tan olmadi.