Hodisa

Rossiyada O‘zbekiston, Tojikiston va Turkiya ishchilari bo‘lgan avtobus dahshatli YTHga uchradi

To‘qnashuvdan so‘ng transport vositasi yo‘ldan chiqib ketgan va ag‘darilgan, o‘nlab fuqarolar jarohatlangan.

16-oktyabr kuni Rossiyaning Amur viloyatida ishchilar ketayotgan avtobus yengil avtomobil bilan to‘qnashib, ag‘darilib ketdi, deb yozadi TASS.

Avariya Svobodniy shahriga kiraverishda sodir bo‘lgan. Toyota Probox avtomobili Amur gaz-kimyo majmuasi qurilishida ishtirok etayotgan Turkiyaning Yamata pudratchi kompaniyasi ishchilarini olib ketayotgan avtobus bilan to‘qnashib ketdi. To‘qnashuvdan so‘ng avtobus yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilib ketgan.

49 nafar jabrlanuvchidan bir nafari halok bo‘lgan, 14 nafari shifoxonalarda, bir nafari og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limida. Yo‘lovchilar orasida O‘zbekiston, Tojikiston va Turkiya fuqarolari ham bo‘lgan. Mazkur YTH yuzasidan Jinoyat kodeksining 238-1-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik yosh ishchi halok bo‘lgandi. O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakolatxonasiga nota yubordi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная