Hodisa

Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi terrorchilik tashkilotidagi ishtiroki uchun sudlandi

Erkak voyaga yetmagan qizni ham o‘ziga qo‘shilishga ko‘ndirgan.

Rossiyada harbiy sud o‘zbekistonlikni “Islom davlati” terrorchilik tashkilotidagi ishtiroki uchun 15 yilga ozodlikdan mahrum qildi, deb yozadi TASS.

Ma’lum bo‘lishicha, 2023-yil oktyabr oyidan 2024-yil yanvarigacha Krasnodar o‘lkasi va Adigeya Respublikasi hududida erkak voyaga yetmagan qiz bilan yozishmalar olib borgan. Uni “Islom davlati” terrorchilik tashkiloti faoliyatida ishtirok etishga ko‘ndirgan.

Bundan tashqari, 2024-yilning mart oyidan may oyigacha axloq tuzatish muassasasida qamoqda bo‘lgan erkak kameradoshini terrorchilik harakati to‘g‘riligiga ishontirgan. Shuningdek, u o‘zining radikal tashkilotga mansubligini yaqqol ko‘rsatdi. Harbiy sud uni 15 yilga qattiq tartibli axloq tuzatish koloniyasiga hukm qildi. Shundan dastlabki uch yilini erkak qamoqda o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, Surxondaryoda DXX xodimlari islomiy radikallarni qo‘lga olgandi. Jinoyatchilar qo‘lbola portlovchi moddalarni tayyorlashni o‘rganishgan va “shahid” bo‘lish uchun Suriyaga borishni muhokama qilishgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная