Raqobat qo‘mitasi Uzum Market shikoyatidan so‘ng YandexGo’ga qarshi ish qo‘zg‘atdi
Kompaniya insofsiz raqobatda ayblanmoqda.

YandexGo UB kompaniyasiga nisbatan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablarini buzish alomatlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi, deb xabar bermoqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi axborot xizmati.
Qo‘mitaga Uzum Market kompaniyasidan murojaat kelib tushdi, unda YandexGo televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan Yandex Market haqidagi reklama roligida Uzum Market’ga nisbatan insofsiz raqobat harakatlarini amalga oshirgani va uning ishbilarmonlik obro‘siga putur yetkazayotgani aytilgan. Shu munosabat bilan qo‘mita maxsus komissiyasi YandexGo‘ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi.
Eslatib o‘tamiz, Uzum Tezkor O‘zbekistonda oziq-ovqat va tovarlarni yetkazib berish bo‘yicha dominant xizmatga aylandi. Kompaniya Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasiga bozordagi yuqori ko‘rsatkichlar haqida bildirishnoma taqdim etdi. Bundan tashqari, Uzum Market O‘zbekistondagi dominant marketpleys sifatida ham tan olindi.
Izohlar