15 Aprel 2025, 11:31 Hodisa

Qozonda oʻzbekistonlik ayol oʻgʻlining oʻlimida aybdor deb topildi

Ayolning aytishicha, yigit uning qoʻlidagi pichoq ustiga oʻzi yiqilgan.

Qozonda oʻzbekistonlik ayol oʻgʻlining oʻlimida aybdor deb topildi

Qozonda 40 yoshli oʻzbekistonlik ayol 17 yoshli oʻgʻlining oʻlimida aybdor deb topildi, deb xabar bermoqda Novo-Savinovskiy tuman sudi matbuot xizmati.

Hodisa 2024-yil iyul oyida sodir boʻlgan. Tergov versiyasiga koʻra, ona va oʻgʻil oʻrtasida mojaro kelib chiqqan, uning davomida ayol oʻsmirga ikki marta pichoq urgan. Sudlanuvchining taʼkidlashicha, yigit uning qoʻlidagi pichoqqa oʻzi urilgan.

Shifokorlarning saʼy-harakatlariga qaramay, uni qutqarib qolishning iloji boʻlmadi — balogʻat yoshiga yetishiga bir oy ham yetmadi. Yigit Oʻzbekistonda dafn etildi. Ayol qurol ishlatib qasddan badanga yengil shikast yetkazish va ehtiyotsizlik orqasida odam oʻldirish moddalari boʻyicha aybdor deb topildi.

Marhumning otasining soʻzlariga koʻra, yigit bir necha bor oʻz joniga qasd qilishga uringan. Sud ayolga bir yilu 4 oy manzil-koloniya jazosi tayinladi. Biroq, 2024-yil 28-iyuldan boshlab tergov izolyatorida oʻtkazgan vaqtini hisobga olgan holda (ikki kun ichida bir kun) u qolgan muddatni oʻtashdan ozod qilindi.

Mashhur yangiliklar