Qozog‘iston tog‘larida o‘zbekistonlik sayyoh halok bo‘ldi
Yigit daraga qulab tushgan va o‘limga olib keladigan jarohatlar olgan.

Qozog‘istonning Turkiston viloyati tog‘larida o‘zbekistonlik sayyoh halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati.
Mudhish hodisa 1-sentyabr kuni sodir bo‘lgan. Favqulodda xizmatlarga 31-avgust kuni Chimkentdan tog‘ga chiqib ketib, qaytib kelmagan ikki yigitning yo‘qolgani haqida xabar kelib tushgan. Murojaat kelib tushgach, qidiruv-qutqaruv ishlari boshlandi.
Qidiruv ishlari dengiz sathidan taxminan 2200 metr balandlikdagi Sayramsu cho‘qqisi hududida, Kaskasu qishlog‘idan 8 km uzoqlikdagi “Sayram—Ugam” milliy tabiat bog‘i hududida olib borildi.
“Yaxshi niyat o‘yinlari” dovoni hududida FVV qutqaruvchilari sayyohlardan biri bilan ovozli aloqa o‘rnatdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 29 yoshli o‘zbekistonlik o‘zini daraga otib yuborgan va o‘limga olib keladigan jarohatlar olgan.
Murakkab relyef va qoyali hudud tufayli vertolyot voqea joyiga yaqinlasha olmagan va qutqaruv guruhi piyoda harakatni davom ettirgan. Qutqaruvchilarning tashabbusi bilan Chimkentdagi bazadan Qozog‘iston alpinizm federatsiyasining besh nafar professional alpinisti olib kelindi, ular qutqaruvchilar bilan birgalikda qidiruv va evakuatsiyani tashkil etish ishlarini davom ettirdi.
Alpinistlar maxsus anjomlar yordamida qoyalarga chiqib, bir nafar tirik qolgan sayyohni, shuningdek, marhumning jasadini topishdi. Jabrlanuvchi va jasad pastga olib tushilgan. Qutqarilgan odamni otda tog‘ etagiga evakuatsiya qilishgan, u yerda uni qarindoshlari kutib turishgan. Marhumning jasadi ham tushirilib, politsiya xodimlariga topshirilgan.
Qutqaruv operatsiyasiga FVV, o‘rmon xo‘jaligi, politsiya bo‘linmalarining 18 nafar shaxsiy tarkibi va 5 ta texnikasi, Qozog‘iston alpinizm federatsiyasining alpinistlari, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlari va “Kazaviaspas” vertolyoti jalb qilingan.
Izohlar