Hodisa

Qoraqalpog‘istonda yo‘lovchi poyezdi yuk mashinasini urib yubordi — video

Voqea joyiga zaxira lokomotivi yuborilgan, og‘ir yuk mashinasi haydovchisi kasalxonaga yotqizilgan.

Qoraqalpog‘istonda yo‘lovchi poyezdi yuk mashinasini urib yubordi, deb xabar bermoqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” axborot xizmati.

Hodisa 6 oktyabr kuni soat 15:31 da “To‘rtko‘l” va “Ellikqal’a” bekatlari oralig‘idagi 531-kilometrda, qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasida sodir bo‘lgan. Yo‘lovchi poyezdi Qo‘ng‘irotdan Andijonga ketayotgan bo‘lgan, biroq haydovchisi ogohlantirish belgilariga e’tibor bermasdan o‘tish joyiga chiqib ketgan KamAZ yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.

Yuk mashinasi haydovchisi kasalxonaga olib ketildi. Yo‘lovchi poyezdida 216 kishi bo‘lgan, hech kim jabrlanmagan. Poyezd boshqa harakatlana olmadi, zaxira lokomotivi joyga yo‘naltirildi, u 16:15 da yetib keldi. Hodisa yuzasidan tergov boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatida ikkita yuk poyezdi relsdan chiqib ketgandi. Hech kim jabrlanmagan, biroq favqulodda vaziyat tufayli bir nechta yo‘nalishlar kechiktirilgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная