Hodisa

Qoraqalpog‘istonda o‘qituvchi imtihondan muvaffaqiyatli o‘tish uchun 18 mln so‘m talab qildi

Erkak 18 nafar talabaga “yordam berishga” va’da bergan.

Qoraqalpog‘istonda pora evaziga talabaga imtihonni muvaffaqiyatli topshirib berishni va’da qilgan mahalliy oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchisi qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Nukus shahrida sodir bo‘lgan. Tartib posbonlari tomonidan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi 18,3 mln so‘mni olgan vaqtida ushlandi. Erkak 18 nafar talabaga yordam ko‘rsatish evaziga shuncha pul talab qilgan.

O‘qituvchi ularga yakuniy imtihonni muvaffaqiyatli topshirishni ta’minlashga va’da berdi. Huquq-tartibot idoralari erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berishga ko‘maklashish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq PPX inspektori haydovchilik guvohnomasini berishni va’da qilib, qamoqqa olingani haqida xabar berilgandi. Erkak pul olayotganda jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная