Hodisa

Qoraqalpog‘istonda neft bazasining uch xodimi 220 litr dizel yoqilg‘isini o‘g‘irlamoqchi bo‘ldi

Huquq-tartibot idoralari xodimlari mast holatdagi erkaklarni qo‘lga olib, ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rgan.

Qoraqalpog‘istonda huquq-tartibot idoralari xodimlari neft bazalaridan yoqilg‘ini plastik idishlarga quyib o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan uch nafar mast fuqaroni qo‘lga oldi.

Hodisa Taxiatosh neft bazasining Qo‘ng‘irot tumanidagi filiali hududida sodir bo‘lgan. Mast holatda bo‘lgan 3 nafar fuqaro plastik idishlarga quyilgan 220 litr dizel yoqilg‘isini bazadan olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan. Tekshiruv davomida tartib posbonlari huquqbuzarlar neft bazasi xodimlari ekanligini aniqlashgan.

Qo‘lga olinganlarga nisbatan huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan tegishli choralar ko‘rilgan. Bundan tashqari, qoidabuzarlardan biri mashinani mast holda boshqargani uchun huquq-tartibot idoralari xodimlari uning transport vositasini jarima maydonchasiga yuborgan, erkakka nisbatan esa ma’muriy hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Avvalroq Toshkentda uch kishi Paynet terminalini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgani, biroq uni olib keta olmagani haqida xabar berilgan edi. Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot xodimlari o‘g‘rilik qilishga ulgurmaganlarni tezda qo‘lga olishdi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная