Hodisa

Qoraqalpog‘istonda mast haydovchi kanalga tushib ketdi, uch kishi halok bo‘ldi

Avtomobil haydovchisi omon qoldi va jazoga tortildi.

Qoraqalpog‘istonda mast haydovchi kanalga tushib ketdi, uch kishi halok bo‘ldi

29-oktyabr kuni Qoraqalpog‘istonda mast holatda Lacetti haydovchisi suv kanaliga tushib ketgan; YTH oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati.

Voqea taxminan soat 02:20 da sodir bo’lgan, Lacetti haydovchisi mast holda yo’ldan chiqib ketib, suv kanaliga tushib ketgan. Hodisa oqibatida ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida, yana biri shifoxonada vafot etgan. Haydovchi va yana ikki yo‘lovchi jarohat olgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, baxtsiz hodisa yo‘l belgilari va yoritgichlar bilan jihozlanmagan eni besh metrli tuproq yo‘lda sodir bo‘lgan. Sud voqea holatlarini o‘rganib, hukm chiqardi.

Haydovchi 266-modda 3-qismi “a” bandi (Odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan aybdor deb topildi. Unga nisbatan 3 yil muddatga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilingan holda 9 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, Namanganda Spark haydab ketayotgan o‘quvchi qiz suv kanaliga tushib ketgan , uning singlisi va onasi halok bo‘lgan edi. Ota qiziga «rulni boshqarishga» ruxsat berdi, biroq u burilish paytida boshqaruvni yo’qotdi.

Izohlar

Mavzuga oid