Qoraqalpog‘istonda ayol va uning ikki qizi suv havzasida cho‘kib ketdi
Erkak oilasi bilan shaxsiy qayig‘ida suzishga qaror qilgan, biroq u ehtiyotsizlik tufayli ko‘lning qoq o‘rtasida cho‘kib ketgan.

Qoraqalpog‘istonda suv omborida ayol va uning 10 va 13 yoshli qizlari cho‘kib ketdi, faqat uning turmush o‘rtog‘i va jiyanlari omon qolishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Hodisa 23-iyul kuni soat 15:00 atrofida Ellikqal’a va Beruniy tumanlari oralig‘idagi Aqchako‘l suv havzasida sodir bo‘lgan. 38 yoshli erkak rafiqasi, farzandlari va jiyanlari bilan dam olish uchun Akchako‘l ko‘liga borgan. U hammani o‘zining shaxsiy qayig‘iga o‘tqazdi, biroq odamlar ko‘lning o‘rtasiga yetib borganlarida qayiq ehtiyotsizlik tufayli cho‘kib ketdi.
Oqibatda erkakning 36 yoshli turmush o‘rtog‘i, shuningdek, ularning 10 va 13 yoshli qizlari cho‘kib ketgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 102-moddasi (ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Aybdor 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Andijonda ikki nafar 2-sinf o‘quvchisi sun’iy suv havzasida cho‘kib ketgandi. Suv havzasi tomchilatib sug‘orish tizimi uchun mo‘ljallangan bo‘lgan, Bosh prokuratura tergov boshlagan.
Izohlar