Qo‘qonda qalbaki pul sotish bilan shug‘ullangan yigit qo‘lga olindi
Qalbaki pul yasovchi o‘z uyida jinoyat ustida qo‘lga olindi, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Farg‘ona viloyatida qalbaki pullarni sotayotgan yigit qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda DXX matbuot xizmati.
Voqea Qo‘qonda sodir bo‘lgan. Shartli xaridorga qalbaki 50 mln so‘mni 8 mln so‘mga sotayotgan yigit ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Uning uyida jami 315,5 mln so‘mlik (nominali 50, 100 va 200 ming so‘m) qalbaki kupyuralar, shuningdek, jami 120 ming dollarlik 100 dollarlik qalbaki kupyuralar xolislar ishtirokida aniqlanib, olib qo‘yilgan.
“Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchiga yuqorida ko‘rsatilgan qalbaki pullarni yetkazib bergan fuqarolarning shaxsini aniqlash choralari ko‘rilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Termizda yuz millionlab qalbaki so‘mlar yoqib yuborilgandi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari olti mingta kupyurani bosib chiqarishga ulgurgan mahalliy qalbaki pul yasovchini qo‘lga oldi.
Izohlar