Hodisa

Qo‘qonda ikki do‘kon xodimlari ommaviy mushtlashuvni keltirib chiqardi

Mojaro ishtirokchilarining barchasi qo‘lga olingan, ularga axloq tuzatish ishlari jazosi tahdid qilinmoqda.

5-avgust kuni Farg‘ona viloyatida ikkita do‘kon xodimlari ko‘chada janjal ko‘tardi, deb xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Voqea Qo‘qon shahrining Turon ko‘chasida sodir bo‘lgan. Do‘kon ishchilari o‘rtasida janjal chiqib, mushtlashuvga aylanib ketdi. Unda nafaqat janjal qo‘zg‘atuvchilari, balki savdo nuqtalarining boshqa xodimlari ham ishtirok etib, bir-birlariga tan jarohati yetkazishgan.

7-avgust kuni yana bir erkak do‘kon oldida janjal ko‘tarib, so‘kindi, gaz ballonchasini ishlatdi, so‘ngra tosh otib, sotuvchini yaraladi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mojaro ishtirokchilarining barchasi hibsga olingan, ularga uch yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi tahdid qilinmoqda. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Andijonda mast xaridor do‘kon egasi bilan mushtlashgandi. Mojaro ishtirokchilaridan biri jarohat oldi, tergov boshlangan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная