Qo‘qonda “Hizb ut-Tahrir” ekstremistik tashkiloti a’zosi bo‘lgan erkaklar qo‘lga olindi — video
Hibsga olinganlardan biri avvalroq xalifalik qurish g‘oyasini targ‘ib qilgani uchun jazolangan bo‘lgan.

Farg‘ona viloyatida “Hizb ut-Tahrir” diniy-ekstremistik tashkilotining yashirin guruhi aniqlandi, deb xabar bermoqda DXX matbuot xizmati.
Voqea Qo‘qonda sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, muqaddam “Hizb ut-Tahrir”da bo‘lib, jazo muddatini o‘tayotgan 63 yoshli fuqaro noqonuniy guruh tuzib, unga 4 nafar fuqaroni jalb qilgan. 2024-2025-yillarda ular muntazam ravishda choyxonalarda yig‘ilib, “Hizb ut-Tahrir” g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlab chiqishdi. Erkaklar, shuningdek, diniy aqidaparastlik mafkurasini tarqatgan va Telegram kanali orqali xalifalik qurish g‘oyasini targ‘ib qilgan.
Qo‘lga olinganlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 159-moddasi (Konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish), 244-1-moddasi (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) va 244-2-moddasi (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hammasini qamoqqa olishdi.
Eslatib o‘tamiz, Qarshi shahrida “Jihodchilar” diniy-ekstremistik oqimi guruhi ham fosh etilgandi. Erkaklar to‘planib, xalifalik tuzish masalalarini muhokama qilgan va davraga boshqalarni ham jalb qilgan.
Izohlar