Qo‘qonda erkaklar to‘xtash joyini bo‘lisholmay, janjal ko‘tarishdi — video
Fuqarolarga nisbatan mayda bezorilik uchun ma’muriy ish rasmiylashtirildi.

6-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qondagi mushtlashuv haqida xabar tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB hodisa yuzasidan izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, janjal 5-avgust kuni tushdan keyin Qo‘qon shahrining “Obod” mahallasida sodir bo‘lgan. Ikki erkak o‘rtasida to‘xtash joyi tufayli janjal kelib chiqdi. Janjal mushtlashuvga aylandi, fuqarolarni ajratishda guvohlar yordam berishdi. Oqibatda erkaklar bir-biriga tan jarohati yetkazgan.
Fuqarolarga nisbatan 183-modda (Mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Ushbu modda bo‘yicha fuqarolar 15 sutkagacha qamoq jazosiga tortilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda bo‘lib o‘tgan Mangal Fest festivalida ommaviy mushtlashuv yuz bergandi. Tadbirda go‘shtli taomlar va musiqadan tashqari, ko‘plab pivo turlari ham taqdim etilgan.
Izohlar