Qashqadaryodagi zapravkada sodir bo‘lgan portlash va yong‘in oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi
Voqea joyiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi rahbari yetib borgan.

Qashqadaryodagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida yoqilg‘i saqlash rezervuari portlab, yong‘in sodir bo‘ldi, hodisa oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in haqida soat 14:40 da xabar kelib tushgan va soat 14:45 da 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan. Yong‘inni 15:35 da to‘liq bartaraf etishga erishildi.
Ammo hodisa oqibatida 4 nafar mahalliy fuqaro halok bo‘lgan. Jabrlanganlar soni ma’lum qilinmagan. Hozirda holat huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan nazoratga olinib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori boshchiligidagi tajribali mutaxassislar brigadasini voqea joyiga yuborgan.
Avvalroq Toshkentda rekonstruksiya qilinayotgan binoda yirik yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Poytaxt osmonini quyuq qora tutun qoplagan.
Izohlar