Qashqadaryoda xususiy bog‘cha tarbiyalanuvchisining o‘limi yuzasidan ish ochildi
Jajji qizcha tarbiyachi uni bolalar bog‘chasiga olib ketayotgan mashinada bo‘g‘ilib qolgan bo‘lishi mumkin.

Bosh prokuratura Qashqadaryo viloyatida xususiy bog‘cha tarbiyalanuvchisi vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berdi.
Voqea 20-iyun kuni “Ushoqtepa” mahallasida sodir bo‘lgan. Marhumaning buvisining aytishicha, bog‘cha mudirasi har kuni bolalarni Spark mashinasida olib yurgan. O‘sha kuniyoq qizchani olib ketdi. Bola mashinada qolib ketib, bo‘g‘ilib o‘lgani haqida uning yaqinlariga xabar berilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izohlar