Hodisa

Qashqadaryoda sud-ekspertiza markazi mutaxassisi pora bilan ushlandi

Huquq-tartibot idoralari xodimlari Xorazm viloyati soliq inspeksiyasi xodimini ham qo‘lga oldi.

Qashqadaryoda sud-ekspertiza markazi mutaxassisi pora bilan ushlandi

Xorazm viloyatida huquq-tartibot idoralari xodimlari soliq inspeksiyasi xodimi va Qashqadaryo viloyati sud ekspertizasi markazi ekspertini qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda DXX axborot xizmati.

Yangiariq tumani soliq inspeksiyasi xodimi trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanuvchi xususiy korxonani soliq qarzini undirmasdan bankrot deb topishga ko‘maklashish evaziga 900 dollar pora olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida ham muqaddam sudlangan fuqaro suv ta’minotiga noqonuniy ulanish evaziga fermerdan 1500 dollar olgan vaqtida ushlandi. Ishda viloyat sud ekspertizasi markazi eksperti ham ishtirok etgan — u kelishilgan pulni olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi (bir guruh shaxslar bilan oldindan til biriktirib o‘g‘rilik qilish), 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. Ular 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda firibgarlar fuqarolarni AQSH va Yaponiyaga jo‘natishni va’da qilgandi. Tartib posbonlari huquqbuzarlarni pul olayotganda qo‘lga olgan.

Izohlar

Mavzuga oid