Qashqadaryoda soliq inspeksiyasi xodimi katta miqdorda pora bilan qo‘lga tushdi
Erkak bankrot bo‘lgan zavod faoliyatiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishga va’da bergan.

Qashqadaryoda DXX xodimlari soliq inspeksiyasi xodimini katta miqdorda pora bilan qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda DXX axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, muqaddam sudlangan fuqaro 360 mln so‘m soliq to‘lamagani uchun bankrot deb topilgan g‘isht ishlab chiqaruvchi korxona rahbaridan 4 ming dollar talab qilgan. Erkak o‘zining rasmiy tanishlari orqali zavod faoliyatiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishga va’da bergan. U 3000 dollar olayotganda qo‘lga tushgan.
Bundan tashqari, ushbu ishga aloqador bo‘lgan Qamashi tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari ham 3000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, biroq aynan qaysi moddalar bo‘yicha — ma’lum qilinmagan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryoda Sud ekspertizasi markazi eksperti pora bilan qo‘lga tushgandi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari Xorazm viloyati soliq inspeksiyasi xodimini ham qo‘lga olgan.
Izohlar