Hodisa

Qashqadaryoda poliklinika hamshirasi besh yoshli qizchani sotmoqchi bo‘ldi

Ayol, shuningdek, xaridordan bolaga yangi guvohnoma rasmiylashtirib berish evaziga pora talab qilgan.

Qashqadaryo viloyatida huquq-tartibot organlari xodimlari besh yoshli bolani sotishga uringan hamshirani ushladi, deb xabar bermoqda Millar.

Voqea Koson tumanida sodir bo‘lgan. Tuman poliklinikasi hamshirasi 2020 yilda tug‘ilgan qizning onasi bilan til biriktirib, bolani 19,7 mln so‘mga sotgan. Bundan tashqari, ayol tug‘ilganlik haqidagi yangi guvohnomani rasmiylashtirish uchun xaridordan 2 mln so‘m pora so‘ragan. Ayol farzandini boshqa fuqaroga 15 ming dollarga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Sud uni aybdor deb topib, 30 BHM (12,6 mln so‘m) jarima bilan 2 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qildi. Uning jinoiy sherigi 3 yil muddatga ozodlikni cheklash va xuddi shu miqdorda jarimaga tortildi. Qizcha tuman bolalar uyiga joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Samarqandda hamshira yangi tug‘ilgan chaqaloqni o‘g‘irlab, 6 mln so‘mga sotgandi. Huquqbuzar ruhiy nosog‘lom sifatida ro‘yxatda turgan ayolning chaqalog‘ini o‘g‘irlab ketgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная