Hodisa

Qashqadaryoda o‘qituvchi maktab o‘quvchilariga adabiyot fanidan imtihon javoblarini sotmoqchi bo‘ldi

Viloyat MMTB vaziyatni nazoratga oldi, pedagog ishdan bo‘shatildi.

Qashqadaryoda o‘qituvchi maktab o‘quvchilariga adabiyot fanidan imtihon javoblarini sotmoqchi bo‘ldi

11-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda o‘qituvchi maktab o‘quvchilariga imtihon javoblarini sotishga uringani haqida xabar tarqaldi. Voqea yuzasidan viloyat MMTB izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 28-may kuni Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanidagi 35-maktabda sodir bo‘lgan. Kun xabariga ko‘ra, Ona tili va adabiyot fanidan imtihon paytida o‘qituvchi o‘quvchilarga imtihon savollarining javoblarini sotishga uringan. U 6 ta varaqning narxi 5000 so‘m ekanligini ko‘rsatdi.

Viloyat MMTB ma’lumotlariga ko‘ra, o‘qituvchi davlat imtihoni boshlanishidan oldin 11-sinf bitiruvchilariga imtihon savollariga javoblarning ko‘chirma nusxalarini ko‘rsatib, ularga imtihonga puxta tayyorgarlik ko‘rishni va bilimlarini mustahkamlashni tavsiya qilgan.

“Uning aytishicha, bu javoblar kompyuter xizmatlarini ko‘rsatuvchi provayder tomonidan sotiladi va xohlovchilar ularni 5 ming so‘mga sotib olishlari mumkin. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan maktab direktoriga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. Videodagi o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq o‘zbekistonliklar imtihonlarni yaxshiroq topshira boshlagani haqida xabar berilgandi. So‘nggi besh yil ichida o‘rtacha ball sezilarli darajada oshgan.

Izohlar

Mavzuga oid