Hodisa

Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari 21 mln so‘m evaziga yillik pilla rejasini “yopib qo‘yishga” va’da berdi

Erkak ish xonasida qism olayotganda qo‘lga olingan.

Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari 21 mln so‘m evaziga yillik pilla rejasini “yopib qo‘yishga” va’da berdi

Qashqadaryoda 21 mln so‘m evaziga pilla topshirish rejasini yopishga va’da bergan hokim o‘rinbosari qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda DXX axborot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosari mahalliy fermer xo‘jaligi rahbarining ishonchiga kirib, erkakka 21 mln so‘m evaziga 2025-yil uchun 300 kg pilla topshirish rejasini “yopib berishini” va’da qilgani aniqlangan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari erkakni ishxonasida oldindan 7 mln so‘m olayotgan vaqtida qo‘lga olgan. Tartib posbonlari erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi (firibgarlik) va 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Huquqbuzar hibsga olindi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkentda HET xodimlari elektromobil uchun zaryadlash moslamasini sotishga uringani haqida xabar berilgandi. Ular o‘z xizmatlari uchun 15 ming dollar talab qilishgan.

Izohlar

Mavzuga oid