Hodisa

Qashqadaryoda Cobalt yo‘l chetidagi maktab o‘quvchisini urib, turar-joy binosi bilan to‘qnashdi

Avtomobil haydovchisi katta tezlikda boshqa mashinani quvib o‘tishga harakat qilib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan.

Qashqadaryoda Cobalt mashinani quvib o‘tmoqchi bo‘lganida boshqaruvni yo‘qotib, katta tezlikda maktab o‘quvchisini urib yubordi, so‘ngra turar joy binosiga borib urildi, deb xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 14-oktyabr kuni Kitob tumani hududidan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Cobalt haydovchisi oldinda harakatlanayotgan Nexia’ni quvib o‘tishga uringan va qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan.

Avtomobil boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida ketayotgan maktab o‘quvchisini urib yuborgan va turar joy binosiga borib urilgan. Qayd etilishicha, YTH oqibatida bola tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Avvalroq Toshkentda YTH oqibatida yo‘l o‘rtasida avtomobil ag‘darilib ketgani haqida xabar berilgandi. Jabrlanganlar yo‘q.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная