Qashqadaryo va Marg‘ilonda amaldorlar katta miqdorda pora bilan qo‘lga tushdi
Jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Qashqadaryo va Marg‘ilonda amaldorlar katta miqdorda pora bilan qo‘lga tushdi, deb xabar bermoqda DXX matbuot xizmati.
Birinchi holat Qashqadaryoning Shahrisabz tumanida sodir bo‘lgan. Tuman FVB boshlig‘i haydovchilikka ishga joylashtirishda yordam berishni va’da qilib, buning uchun fuqarodan 6 ming dollar talab qilgan. DXX va Bosh prokuratura xodimlari erkakni 3 ming dollar olayotgan vaqtida qo‘lga olishdi.
Ikkinchi holat Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida sodir bo‘lgan. MTM bosh mutaxassisi bog‘cha ochishga ruxsat berish bahonasida 2 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatida MIB xodimi katta miqdorda pora bilan qo‘lga tushgandi. Erkak aliment qarzdoridan chet elga chiqish taqiqini bekor qilish uchun pul talab qilgan.
Izohlar