Hodisa

Qarshida profilaktika inspektori o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan erkakni qutqarib qoldi

Huquq himoyachisi qahramonligi uchun televizor bilan taqdirlandi.

Qarshida profilaktika inspektori o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan erkakni qutqarib qoldi

12-iyun kuni Qashqadaryo viloyatida profilaktika inspektori o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan erkakni qutqarib qoldi, deb xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, Koson tumanida yashovchi fuqaro o‘z joniga qasd qilish maqsadida Qarshi kanaliga o‘zini tashlagan. Bu vaqtda viloyat IIB Jamoat xavfsizligi profilaktikasi bo‘limi inspektori yonidan o‘tib ketayotib, voqeani ko‘rgan va erkakni qutqarish uchun yugurgan. Keyinroq huquq-tartibot xodimini televizor bilan taqdirlashgan.

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorining xizmatlari viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan munosib taqdirlandi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Samarqandda birinchi kurs talabasi o‘z joniga qasd qilgandi. Huquq-tartibot idoralari tomonidan qizning o‘limi yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan, shuningdek, qizning texnikasi tekshiruv uchun olib qo‘yilgan. Prokuratura qizning o‘limi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazishni boshlagan.

Izohlar

Mavzuga oid