Hodisa

Prokuratura yonilg‘i quyish shoxobchasidagi yong‘in bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Mutaxassislar yong‘in sabablarini aniqlash uchun beshta ekspertiza o‘tkazadi.

Avval xabar berilganidek, 16-iyul kuni Qashqadaryo viloyatidagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida yoqilg‘i saqlash rezervuari portlab, yong‘in sodir bo‘lgan, oqibatda 4 kishi halok bo‘lgandi.

Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 205-moddasi (“Mansab vakolatini suiiste’mol qilish”) va 259-moddasi (“Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mutaxassislar yong‘in ko‘lami va zararni aniqlamoqda. Yong‘in sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiy, sud-kimyoviy, biologik, kriminalistik va yong‘in-texnik ekspertizalari tayinlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Максим Каневский
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная