Ozarbayjonda dam olayotgan o‘zbekistonlik vafot etdi
37 yoshli erkakning jasadi Naftalan sanatoriyasidan topilgan.

Ozarbayjonda sanatoriylardan birida o‘zbekistonlikning jasadi topildi, deb xabar bermoqda mahalliy OAV.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Naftalon shahrida sodir bo‘lgan. 1988-yilda tug‘ilgan erkak o‘lik holda topilgan. U O‘zbekiston fuqarosi ekan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘lim yurak xurujidan keyin sodir bo‘lgan.
Voqea joyiga huquq-tartibot idoralari xodimlari chaqirilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Z.K. Naftalonga dam olish uchun kelgan. Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Istanbuldagi zilzila vaqtida kuchli qo‘rquv tufayli o‘zbekistonlik halok bo‘lgani xabar qilingandi. Yer silkinishi boshlanganda fuqaro ko‘p qavatli uyning yuqori qavatida bo‘lgan.
Izohlar