Olmaota aeroporti terminalida erkak o‘zini yoqib yubordi — video
Ehtimoliy sabab turmush o‘rtog‘i bilan ziddiyat bo‘lishi mumkin.

Qozog‘istonda 25-avgust kuni Olmaota aeroportida erkak o‘zini terminalga o‘t qo‘ydi, deb xabar bermoqda Tengrinews mamlakat Ichki ishlar vazirligiga tayanib.
Voqea soat 22:06 da T-1 terminalida sodir bo‘lgan. Politsiyachilar havo bandargohi xavfsizlik xizmati vakillari bilan birgalikda yong‘inni o‘chirib, tez yordam brigadasini chaqirgan. Fuqaro kuyish jarohati bilan shahar shifoxonasiga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan Transport politsiyasi departamenti tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilib, hodisaning barcha sabab va holatlari aniqlanmoqda. Xatti-harakatning sababi erkakning fuqarolik turmush o‘rtog‘i bilan shaxsiy mojarosi ekanligi oldindan aniqlangan. Hodisaning barcha tafsilotlari tergovga qadar tekshiruv jarayonida aniqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 7-mart kuni Olmaota aeroportida pichoq ko‘targan erkak xodimani garovga olgandi. Undan hujjatlarni ko‘rsatishni so‘rashganida, u xodimani ushlab, unga pichoq qo‘ygan. Jinoyatchi yetti daqiqada zararsizlantirildi va politsiyaga topshirildi.
Izohlar