O‘zbekistonliklar zilzilani his qildi
Zilzila epimarkazi Afg‘onistonda bo‘lgan.

27-avgust kuni soat 18:27 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.
Epitsentrdagi silkinish kuchi 3 ballni tashkil etdi. Magnituda — 5,7, chuqurlik — 160 km. Zilzila episentri Toshkentdan 547 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston hududida zilzila quyidagi darajada sezildi:
- Surxondaryo viloyatida 2-3 ball, 342 km;
- Farg‘ona viloyatida 2 ball, 431 km;
- Sirdaryo viloyatida 2 ball, 480 km;
- Jizzax viloyatida 2 ball, 483 km;
- Andijon viloyatida 2 ball, 486 km;
- Samarqand viloyatida 2 ball, 496 km;
- Namangan viloyatida 2 ball, 498 km;
- Qashqadaryo viloyatida 2 ball, 527 km;
- Toshkentda 2 ball, 547 km.
Izohlar