O‘zbekistonliklar Xitoydan chikungunya virusi kirib kelishidan xavotirda
Sanepidqo‘mita vaziyatga oydinlik kiritdi.

Xitoyda chikungunya virusining tarqalishi kuchayib, bu O‘zbekiston fuqarolarini ham xavotirga soldi. Sanepidqo‘mita vaziyatga oydinlik kiritdi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, chikungunya virusi o‘zbekistonliklar uchun epidemiologik xavf tug‘dirmaydi, chunki ushbu kasallikni tarqatuvchi Aedes aegypti (sariq isitma chivini) yoki Aedes albopictus (Osiyo yo‘lbars chivini) avlodiga mansub chivinlar O‘zbekistonning tabiiy sharoitida uchramaydi.
“Hozirgi vaqtda respublika hududida epidemiologik barqarorlikni saqlash maqsadida tizimli profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Sanitariya nazorati kuchaytirilgan, vaziyat doimiy nazoratga olingan”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, xitoylik olimlar ko‘rshapalaklarda fanga noma’lum bo‘lgan o‘nlab viruslarni topgandi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, turlararo to‘siqni yengib o‘tish uchun ushbu hayvonlar bilan tez-tez aloqada bo‘lish kerak.
Izohlar