Hodisa

O‘zbekistonliklar Humans ilovasiga biriktirilgan kartalardan pul yechib olinayotganidan shikoyat qildi

Markaziy bank vaziyatga munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Humans ilovasiga biriktirilgan bank kartalaridan pul mablag‘lari ogohlantirishsiz yechib olingan fuqarolarning shikoyatlari haqidagi xabarlar tarqaldi. Markaziy bank holat yuzasidan izoh berdi.

Vazirlikning xabar berishicha, 2025-yil 10-aprelda Humans Companies va Octagram (Paylov brendi) shartnoma imzolagan, unga ko‘ra Humans agent sifatida o‘z mijozlariga to‘lovlar va P2P o‘tkazmalari ko‘rinishida to‘lov xizmatlarini taqdim eta boshlagan. Biroq, 2025-yil 8-dekabrda Markaziy bankka Humans ilovasi orqali pul yechib olish bo‘yicha shikoyatlar kelib tusha boshladi.

Shundan so‘ng regulyator o‘z vakolatlari doirasida Octagram bilan bog‘lanib, xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zaifliklarni bartaraf etish uchun P2P operatsiyalarini to‘xtatib turishni buyurdi. Qayd etilishicha, 9-dekabr holatiga ko‘ra, Humans mobil ilovasi orqali amalga oshirilayotgan barcha to‘lov xizmatlari vaqtincha to‘xtatilgan.

Markaziy bankning ma’lum qilishicha, hozirda Uzcard va Humo kartalari orqali to‘lovlar va pul o‘tkazmalari odatdagidek ishlamoqda. Shu bilan birga, boshqa banklar va to‘lov tashkilotlarining ilovalarida kartalardan foydalanish imkoniyati saqlab qolindi. Shuningdek, bank mutaxassislari barcha shubhali tranzaksiyalar, texnik jarayonlar va platformalar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni tekshiradi va o‘rganadi. Vazirlik barcha jabrlanganlarni huquq-tartibot idoralariga murojaat qilishga chaqirdi.

Avvalroq Humans Mobile kompaniyasi O‘zbekistonga qarshi arbitraj ishini boshlagani haqida xabar berilgandi. Kompaniya davlat organlari va kompaniyalari, jumladan, Markaziy bank va “O‘zbektelekom”ning xatti-harakatlari tufayli da’vo arizasi bergan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная