O‘zbekistonliklar Boysundagi konda gaz sizib chiqishidan xavotirga tushdi — video
Energetika vazirligi vaziyatga oydinlik kiritdi.

30-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatidagi “M-25” konida gaz sizib chiqqani haqida xabar tarqaldi. Energetika vazirligi ma’lumotga izoh berdi.
Aniqlanishicha, hodisa “M-25” konida bir hafta oldin “M-25” konining 202-sonli qudug‘ida sodir bo‘lgan. Ya’ni bu avval yoqilgan mash’alaning vaqtincha o‘chishi. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu holat kondagi geologik jarayonlar natijasida yuzaga kelgan va qisqa vaqt ichida mash’ala qayta yoqilgan.
Atmosferaga zararli moddalar chiqarmoqning oldini olish uchun gaz yoqildi. Ushbu usul atrof-muhit ifloslanishining oldini olish uchun standart amaliyot hisoblanadi va sanoat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro talablarga to‘liq javob beradi.
Ayni paytda Boysundagi “M-25” konida vaziyat barqaror, barcha jarayonlar mutaxassislar nazorati ostida amalga oshirilmoqda. Vaziyat barqaror va mutaxassislar nazorati ostida, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Boysunda favvoralanayotgan gaz oqimi mash’ali vaqtincha o‘chgandi. Energetika vazirligi favqulodda vaziyat yuzaga kelganini, sodir bo‘layotgan voqealar nazorat ostida ekanini ma’lum qildi.
Izohlar