O‘zbekistonliklar bir necha hududlarda ob-havo yomonlashishi haqida ogohlantirildi
Tog‘li hududlarda sel kelishi mumkin.

O‘zgidromet sinoptiklari yaqinlashib kelayotgan noqulay ob-havo fonida fuqarolarga shoshilinch murojaat qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 23–27-may kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi e’lon qilingan. Quyidagi hududlar aholisidan hushyorlikni saqlash so‘ralgan:
- Qashqadaryo viloyatining: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Sariyosiy, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlarida;
- Samarqand viloyatining: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof-Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlari;
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Pskent, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari hamda Angren, Olmaliq shaharlari;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlari;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlari;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlari va Xonobod shahrida sel va sel kelishi mumkin.
Shuningdek, tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar va tog‘li hududlarga chiquvchi haydovchilardan yomg‘ir suvlarining to‘planishi hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkinligi sababli ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan.
Izohlar