Hodisa

O‘zbekistonlik bloger Jey Lo obrazi orqali pul ishlashga urindi

Aktrisa ishtirokidagi videolar biologik faol qo‘shimchalar reklamasida ishlatilgan.

O‘zbekistonda biologik faol qo‘shimchalarni reklama qilish uchun Jennifer Lopes nomidan foydalangan Telegram kanalga nisbatan ish qo‘zg‘atildi, deb xabar bermoqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi matbuot xizmati.

Vazirlikka murojaat qilgan fuqaro ijtimoiy tarmoqlarda “Jenniferni Xorazmga jalb qilish uchun, bizning dietologimiz…” sarlavhali biologik faol qo‘shimchalar reklamasi paydo bo‘lganini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, reklama roligida huquqbuzarlar amerikalik qo‘shiqchining videoyozuvlari qirqimlaridan foydalangan.

Qo‘mita mutaxassislari materiallarni o‘rganib chiqib, reklama “yuz minglab” tomoshabinlarni chalg‘itishi mumkin, degan xulosaga kelishdi. Natijada maxsus komissiya mazkur holat yuzasidan videorolik tarqatilgan “Urganch bozori” Telegram kanali administratoriga nisbatan ish qo‘zg‘atdi. Ish bo‘yicha materiallarni mutaxassislar ma’muriy chora ko‘rish uchun sudga topshirishdi.

Avvalroq Alisher Qodirov Jennifer Lopes konserti va pivo festivali haqida fikr bildirgani haqida xabar berilgandi. “Milliy tiklanish” partiyasi rahbari xonandaga qanday bag‘rikenglik ko‘rsatilgan bo‘lsa, dindor ayollarga ham shunday bag‘rikenglik ko‘rsatishga chaqirdi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная